“Yubiley” - yuqori foizli omonat! Daromadni kafolatlaymiz!

08.07.2019

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” bank tashkil qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan yangi –“Yubiley” omonatini joriy qildi.

Milliy valyutadagi muddatli mazkur omonatga mablag‘lar 2019 yilning 8 iyulidan 2 avgustigacha (2 avgust kirmagan holda) 25 kun muddat davomida, 25 oyga qabul qilinadi.

Omonatga mablag‘lar qabul qilishning eng kam miqdori cheklanmagan. Omonatning yuqori miqdori – 25 000 000 so‘m.

Omonatchining dastlabki omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qabul qilinmaydi. Joylashtirilgan omonat muddatidan oldin qaytarib olinganda shartnoma shartlari buzilgan hisoblanadi.

“Yubiley” omonatiga mablag‘lar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda jismoniy shaxslarning ish haqi va unga tenglashtirilgan pul mablag‘lari, jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Omonatga yillik 22 foiz miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Hisoblangan foiz to‘lovlar har oyda amalga oshiriladi.

Yana bir jihati shuki, ushbu omonatga mablag‘ joylashtirgan mijozlarga bank plastik kartochkasi bepul taqdim etiladi. Shuningdek, “Depozit banking” mobil dasturidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bank tizimida omonatlarning sir tutilishi va meros huquqi himoyasi qat’iy nazoratga olingan. Omonatga qo‘yilgan mablag‘lar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlangan.

Biz Sizga yuqori daromad ko‘rish uchun imkoniyat yaratamiz.  

Qishloq  qurilish  bank”  - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun: 

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi