Bankimizning hurmatli mijozlari!
Karantinga oid choralar amal qilishi davrida yuridik shaxslarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq riskini yumshatish maqsadida ularning real pul oqimlaridan kelib chiqib, kredit qarzlari bo‘yicha 2020 yilning 1 oktyabriga qadar imtiyoz berish hamda yakuniy to‘lov muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan qaror qabul qilganligini ma’lum qilamiz.
Shunga ko‘ra, yuridik shaxslar na’munadagi ariza bilan ushbu havola orqali yoki tegishli bank filialiga yozma murojaat qilishi lozim.
Bunda mijozlar rasman karantin choralari (muddati) tugagandan so‘ng 10 bank ish kuni muddatida kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, imtiyoz davrida bank mazkur qarzdorliklarga jarima sanksiyalarini qo‘llamasligini hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmasligini ma’lum qiladi.
Karantin choralari (muddati) tugagandan so‘ng asosli hujjatlarni taqdim etilmagan va qo‘shimcha kredit shartnomasi rasmiylashtirilmagan taqdirda yuridik shaxslarga berilgan kredit ta’tillari bank tomonidan bekor qilinadi.
Izoh: Ushbu imtiyozlar 2020 yil 20 martdan keyin olingan kreditlar hamda sud hujjatiga asosan undiriladigan qarzdorliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Eslatma: Kredit to'lovini uzaytirish bo'yicha onlayn ariza qoldirish uchun bu yerga kiring.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Yuridik shaxlar diqqatiga!