Yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi

21.11.2019

"Qishloq qurilish bank" ATB tomonidan yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan 59,1 mlrd. so’mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarilganligini ma’lum qiladi.

Depozit sertifikatlari bo’yicha asosiy shartlar: 

 -    sertifikatlar blankalar tarzida hujjatli shaklda chiqariladi; 

 -    sertifikatni tovarlar oldi-sotdisi yoki ko’rsatilgan hizmatlar (ishlar) uchun hisob-kitob qilishda to’lov vositasi sifatida qo’llash mumkin emas; 

 -    sertifikatlarning oldi-sotdisi va ular bo’yicha summalarni to’lashga doir pullik hisob-kitoblar naqdsiz shaklda amalga oshiriladi;

-    sertifikatlarning qiymati O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi; 

-    sertifikatlar 335 kundan 1095 kungacha bulgan muddatga chiqariladi:

-    sertifikatlar quyidagi muddatlarga va foizlarda chiqarilgan: 

335 kunga (18,0%), 

365 kunga (19,0%),          

730 kunga (19,5%) 

va 1095 kunga (20,0%)

-    nominal qiymati 500 000 000,0 (besh yuz million) so’m  va 1 000 000 000,0 (bir milliard) so’m bo’lgan;

-    muddatidan oldin so’ndirilgan taqdirda yillik 1,2% stavkasi miqdorida kam daromad to’lab beriladi.

Batafsil ma'lumot olish uchun bankning Qimmatli qog’ozlar bilan ishlash bo’limiga murojaat etishingiz mumkin.                                                                                                                                                 

  Ma'lumot uchun telefon: 150-76-90.

BRB
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi