JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Yuridik shaxslar uchun xabarnoma!

23.07.2021

Diqqat!

Hurmatli mijoz!

AT "Aloqabank" Sizga hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi va bank faoliyatida amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida ma'lum qiladi.
AT "Aloqabank"ning rivojlanish strategiyasi va transformatsiyasi bankning barcha hududiy bo'linmalarini yagona MFOga o'tkazish, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish, Bazel III talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yangi tashkiliy va funksional tuzilmani joriy etish imkoniyatlarini taqdim etuvchi "Colvir Banking System" avtomatlashtirilgan bank tizimiga o'tishni nazarda tutadi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimini (ABT) yangilash taklif etilayotgan bank mahsulotlari lineykasini kengaytirish hamda mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.
Bankning barcha hududiy bo'linmalarining yagona MFOga o'tishi, bank hisobvarag'i ochilish joyidan qat'i nazar, mijozga bankning istalgan bo'linmalarida bank xizmatlarining to'liq spektridan foydalanish imkonini beradi.
Sizga shuni ma'lum qilamizki, Sizning bank hisobvaraqlaringiz rekvizitlari avtomatik ravishda o'zgartiriladi, shu bilan birga, Sizning joriy rekvizitlaringiz 2021 yilning 2 avgust kunidan e'tiboran 12 oy davomida amalda bo'ladi. Yangi rekvizitlarni olish uchun bank ofislariga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Yangi ABTga 2021 yilning 30 iyulidan 2021 yilning 1 avgustigacha bo'lgan davr mobaynida o'tiladi. Shu munosabat bilan, Bank ofislari mijozlarga 2021 yilning 30 iyul kuni soat 12:00 gacha xizmat ko'rsatishini ma'lum qilamiz. 2021 yilning 2 avgustidan esa Bank o'z faoliyatini odatdagi tartibda yangi ABTda davom ettiradi.
Yangi ABTga o'tgunga qadar bank tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar haqidagi batafsil ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz.
Yuzaga kelgan savollar bo'yicha (71) 230-77-77 telefon raqami orqali bankning 24 soatlik kontakt-markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Bizni tushunganingiz uchun o'z tashakkurimizni izhor etib, kelajakda siz bilan yangi formatda samarali hamkorlikni davom ettirishdan mamnun bo'lamiz!

 

Yangi ABTga o'tish davrida bank tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotlar

RO"YXATI

AMALIYOT TURI

VAQTI

SANASI

1.

Hisob-kitob va kassa xizmatlari, shu jumladan Internet-banking orqali

1200gacha

30.07.2021

2.

Kreditlar va foizlarni so'ndirish, shu jumladan Internet-banking orqali

1200 gacha

30.07.2021

3.

Ish haqi loyihalari bo'yicha qaydnomalarni qabul qilish, korporativ kartalarni to'ldirish, shu jumladan Internet-banking orqali

1800 gacha

28.07.2021

4.

Bank kartalarini chiqarish (ish haqi loyihalari bo'yicha, korporativ kartalar)

1800 gacha

27.07.2021

5.

Valyuta amaliyotlari bo'yicha buyurtmalar va to'lovlarni qabul qilish, kelgusidagi valyutalash sanasi bilan (sotib olish-sotish, akkreditivlar, SVOP, eksport-import kontraktlari), shu jumladan Internet-banking orqali

1800 gacha

27.07.2021

6.

Kredit buyurtmalarini qabul qilish

1800 gacha

27.07.2021

7.

Bank bilan istalgan shartnomalarni tuzish

1800 gacha

27.07.2021

8.

Boshqa amaliyotlar

1800 gacha

27.07.2021

Eslatma: o'tish davrida texnik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin va buning natijasida esa vaqtinchalik tafovutlar kuzatilishi mumkin (shu jumladan terminallarning daromadlari bo'yicha), bu kabi holatlar bartaraf etiladi.

Bank Raisining mijozlarga murojaati

23-07-2021
Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi