JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

ZAMONAVIY HISOB-KITOBLAR TAKOMILLASHMOQDA

21.08.2014


Milliy Matbuot markazida Respublika Markaziy banki tomonidan pul muomalasini takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

 “Elektron to'lovlar to'g'risida”gi qonun, davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan qabul qilingan qator qarorlar ijrosi bank tizimida innovatsion axborot texnologiyalarini keng ko'lamda tadbiq etish orqali mamlakatimizda qisqa muddatda milliy to'lov tizimini shakllantirishga imkoniyat yaratdi. Ayni paytda barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan plastik kartochkalar bo'yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshiriladigan Banklararo to'lov tizimi faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, mikroprotsessorli plastik kartochkalar va to'lov terminallarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

Bu tizim xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi hamda milliy va xalqaro hisob-kitoblarni aniq vaqtda amalga oshirish, pul-kredit siyosatini samarali yuritish, pul oqimlarini boshqarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda, eng muhimi bank-moliya bozori barqarorligi ta'minlanmoqda.

Xulosa o'rnida qayd etish joizki, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish infrastrukturasini yanada yaxshilash borasida tizimli ishlarni yo'lga qo'yib borish pul muomalasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Manba: cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi