ZOOD Mastercard va Ipak Yo‘li Banki bilan birgalikda O‘zbekistonda birinchi muddatli to‘lov virtual kartasini taqdim etadi

16.08.2024
ZOOD Card foydalanuvchilarga O‘zbekistonda va butun dunyoda 12 tagacha to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali xarid qilish imkonini beradi.

ZOOD Card afzalliklari:

- 20 mln so‘mgacha milliy valyutada bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinganda so‘mda to‘lov;
- Mastercard kartalarini qabul qiluvchi dunyoning 200 dan ortiq internet-do‘konlarida va O‘zbekistondagi barcha oflayn-do‘konlarda ishlaydi;
- Avgust oyidan boshlab karta cheklangan ZOOD foydalanuvchilari uchun, sentyabr oyidan boshlab esa - barcha ZOOD foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi.

Markaziy Osiyo uchun ushbu innovatsion yechim iste’molchilarga misli ko‘rilmagan darajadagi qulaylikni taqdim etadi.
Ipak Yuli Bank
"Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, bank litsenziyasi asosida ishlaydi. Bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan.

2013 yildan beri Bankning aksiyadori Osiyo taraqqiyot banki hisoblanadi. Ushbu bitim OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi sarmoyasi bo'ldi.

Rasmiy sayt:  https://ipakyulibank.uz/

2020 yil o'rtasida - Germaniyaning taraqqiyot moliya instituti DEG-Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o‘zining Triodos Microfinance Fund orqali) «Ipak Yo‘li» AITB aksiyadorlik kapitaliga deyarli 25 million AQSh dollariga teng investitsiya kiritishdi. Investorlar yangi chiqarilgan aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan bankning aksiyadorlik kapitalidagi minoritar ulushini qo‘lga kiritdi, bu ularning O‘zbekistondagi bankning aksiyadorlik kapitaliga kiritgan ilk investitsiyasi hisoblanadi. O'zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko'ra, uning faoliyati ko'lami bo'yicha "Ipak Yo'li" banki 2021-yilning birinchi yarmida 13-o'rinni egallab turibdi, bozor ulushi 2,03 foizni tashkil etdi.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi