Tadqiqotda Android platformasida jismoniy shaxslar uchun mobil ilovasi mavjud bo'lgan 21ta O'zbekiston banklari ishtirok etgan. Ma'lumotlarning asosiy qismi bevosita Bank.uz mutaxassislari tomonidan mobil ilovalarni tekshirish yo'li bilan yig'ilgan. Yetishmagan ma'lumotlar bank vakillari va ochiq manbalardan to'plangan.
Mobil ilovalarni baholash 80dan ortiq parametrlar asosida amalga oshirilgan. Bu parametrlar ikki yo'nalishga bo'lingan: funksional imkoniyatlar va qulaylik. O'z navbatida bu yo'nalishlarning har biri bir qator kategoriyalarga bo'lingan. Bu kategoriyalar baholash uchun ishlatilgan individual parametrlardan iborat. Har bir kategoriya uchun, uning foydalanuvchilar uchun ahamiyatidan kelib chiqqan holda, umumiy baholashdagi ulushi belgilangan.
Qisqa hisobotimizda tadqitot natijalarining kichik qismi taqdim etilgan. Unda faqat mobil ilovalar reytingi va asosiy xulosalar keltirilgan.
Reyting ishtirokchilarining reyting tuzishda ishlatilgan har bir kategoriya va parametrlar bo'yicha ko'rsatgichlari va ularni taqqoslanishi batafsil hisobotda ko'rish mumkin. Batafsil hisobot PDF shaklidagi fayl bo'lib, unda tadqiqot natijalarining barchasi jamlangan. Bu hisobot avvalambor banklar rahbariyati, hamda internet-bank ustida ish olib borayotgan jamoalar uchun foydalidir.
Batafsil hisobotga buyurtma berish masalasi bo'yicha info@bank.uz emailiga murojaat qilishingiz mumkin