Octobank bolalarni onlayn maydondagi xavf-xatardan qanday himoya qilish mumkinligi haqida gapirib beradi.
Octobank internet-firibgarlardan himoya qilish bo‘yicha maslahatlarini davom ettiradi. Bugun biz firibgarlar bolalarni qanday yo‘llar bilan aldashga urinadi va ularni qanday himoya qilish mumkinligi haqida gaplashamiz.
Firibgarlarga nima kerak va ular bolalar bilan qanday aloqa o‘rnatadi
Firibgarlar shaxsiy ma’lumotlarni — parollar, bank ma’lumotlari, hujjatlar suratlari kabi ma’lumotlarni qidiradi. Bu ma’lumotlar yordamida pul o‘g‘irlash, qarz rasmiylashtirish yoki hujjatlar suratlari orqali shantaj qilishlari mumkin.
Ko‘pincha firibgarlar bolalarning ishonchiga quyidagi yo‘llar bilan kiradi:
Onlayn o‘yinlarda. Firibgarlar bolalar bilan o‘yin ichidagi chatlarda tanishadilar. Ular o‘zlarini bloger yoki tajribali o‘yinchi deb tanishtiradi, bolaga "artefakt" yoki o‘yin ichki valyutasini berish uchun "topshiriqlar" taklif qiladi. Aslida bu "topshiriqlar" orqali boladan ota-onasining hujjatlari surati yoki bank kartasi ma’lumotlarini so‘rashadi.
Messenjyerlar va ijtimoiy tarmoqlarda. Firibgarlar Telegram chatlari, ijtimoiy tarmoq guruhlari va forumlarda bolalarni izlab topadilar. Ular ishonchga kirib, ma’lum vaqtdan so‘ng shaxsiy ma’lumotlarni bilishga harakat qilishadi.
Tanishuvdan so‘ng firibgar bolaga havola yoki fayl yuborishi mumkin. Bu havolalar soxta bank saytlariga olib boradi, u yerda boladan ota-onasining kartasi ma’lumotlarini kiritish so‘raladi. Ba’zi hollarda esa havola orqali virus yuklanadi va u bank akkauntlarining parollarini o‘g‘irlaydi.
Yana bir keng tarqalgan usul — boladan ota-onasining telefonida QR-kodni skaner qilish, ilova orqali QR-kod yaratish yoki biror amalni tasdiqlashni so‘rash. Bu orqali firibgarlar oila mablag‘iga kirish uchun qo‘llaniladi.
O‘yin ichki valyutasini arzon taklif qilish
Firibgarlar o‘yin ichidagi valyutalar, skinlar yoki akkauntlarni rasmiy do‘konga qaraganda arzonroq taklif qilishadi. Bola pul yuborsa-da, va’da qilingan kontentni yoki akkauntni ololmaydi.
O‘smirlarga internet orqali tez va oson daromad topish taklif qilinadi. Ular messenjerlar orqali ilovalar yuborad, ijtimoiy tarmoqlar orqali “rilslar” yoki reclama bannerlarini joylashadi. Odatdagi "vazifalar": ilovalarni o'rnatish, har kuni veb-saytlarga tashrif buyurish, pul tikish.
Dropperlikka tortish
Eng xavfli sxemalardan biri — dropperlik. Ya’ni, o‘g‘irlangan pullarni boshqa shaxslar orqali chiqarish. Firibgarlar o‘smirlarga debet kartasi ochishni va uni ularga pul evaziga berishni taklif qiladi. Masalan, har 1 million so‘m uchun 50 ming so‘m. Ammo bu kartaga firibgarlar tomonidan o‘g‘irlangan pullar kelib tushadi va bu jinoyiy javobgarlikka olib keladi. Bolalarga bu jinoyat ekanini tushuntirish juda muhim.
Qo‘rqitish va manipulyatsiya
Ba’zi hollarda jinoyatchilar - bolani ota-onasi yoki do'stlari xavf ostida ekanligi va pul yoki bank kartasi ma'lumotlarini zudlik bilan yuborishni so‘rashadi.
Ota-onalar bolalarni qanday himoya qila oladi
Bola bilan ishonchli munosabat o‘rnating
Firibgarlikdan himoyada eng muhim omil — bu ishonchdir. Bola onlayn-hayotida internetdagi yangi tanishlari haqida bemalol ota-onasiga aytishi kerak. Bolaning shaxsiy hududini haddan tashqari nazorat qilish kerak emas — bu ishonchni yo‘qotishiga sabab bo’lishi mumkin.
Firibgarlik usullarini tushuntiring
Bolaga firibgarlarni qanday tanish mumkinligi, ular qanday usullardan foydalanishini va internet tanishuvlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini tushuntiring. Internet xavfsizligi qoidalarini doimiy ravishda tushuntiring, havfli havolalardan ogoh qiling, moliyaviy savodxonlikni o‘rgating.
Agar bola firibgarlik sxemasini sezgan bo'lsa, darhol ota-onasiga — zudlik bilan aytishni tushuntirish muhimdir.
Ota-ona nazoratini o‘rnating
Foydalanilayotgan servislarda bola uchun ota-ona nazoratini faollashtiring. Kompyuterda zararli reklama bannerlarini bloklang. Esda tuting — ota-ona nazorati to‘liq himoya emas, lekin muhim qo‘shimcha choradir.
Moliyaviy savodxonlikni o‘rgating
Bola moliyaviy savodxonlikni qanchalik erta o‘rgansa, firibgarlikdan shunchalik yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Bank kartalarining ishlash tamoyili, shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy saqlash ahamiyati va shubhali takliflarni tanishni o‘rgating. Pul topmoqchi bo'lgan o'smirlar uchun moliyaviy reja tuzishda yordam bering, «tez boyish» takliflari aslida yolg‘on ekanligini tushuntiring.
Bolani himoya qilishning eng muhim yo‘li — bu xatarlar haqida xabardor qilish va ota-ona bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish. Internetda o‘zini qanday tutish kerakligini bola bilan muntazam muhokama qiling, firibgarlik alomatlarini tanishni o‘rgating va ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiring. Bu nafaqat hozir, balki kelajakda ham uni mustaqil ravishda internetda xavfsiz bo‘lishiga yordam beradi.
Avvalroq Octobank firibgarlar aldov uchun sun'iy intellektni qanday ishlatishi haqida gapirib bergan edi.
“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.
Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.
Bolalarni onlayn-firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin