O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvi hamda Davlat soliq qo'mitasi qarori bilan Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha soliq imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizomga muvofiq, tijorat banklari tomonidan 2020 yilning 1 yanvariga qadar kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo'yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i to'lanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkasi kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtiriladi.
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi:
35 foizdan 40 foizgacha bo'lganda - stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi;
40 foizdan 50 foizgacha bo'lganda - stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi;
50 foizdan yuqori bo'lganda - stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi.
Imtiyozlarni qo'llash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni bo'yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi - ma'lumotnomani taqdim qiladilar. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi - ma'lumotnoma imtiyozdan foydalanmaydigan tijorat banklari tomonidan taqdim etilmaydi.
Bank axborot xizmati
07.05.2025
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.
06.05.2025
Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi
05.05.2025
«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda
Foyda solig'i bo'yicha soliq imtiyozlarini qo'llash tartibiga oid Nizom tasdiqlandi