Kapitalbankning yangi omonati - 25% Batafsil

“Mikrokreditbank” АTB va Yodju texnika institutining hamkorligi yanada kengaydi

23.06.2022
23.06.2022    Kuni kecha “Mikrokreditbank” АTB Boshqaruv Raisining birinchi oʼrinbosari  А.Hamidov va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti rektori J. Xudaybergenovlarning kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʼyicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.    Unda ikki tomonlama amaldagi munosabatlar haqida fikr almashildi. Uchrashuv davomida institut tomonidan bank xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash boʼyicha intensiv kurslar tashkil etilishi hamda bank bilan hamkorlikda innovatsion IT-laboratoriya tashkil etilishi, shuningdek, institut talabalarining bankda amaliyot oʼtashi uchun imkoniyatlar yaratilishi haqida kelishuvga erishildi.     Shuningdek, kelgusida oʼzaro hamkorlik natijasida yetuk mutaxassislar ikki tarafning umumiy yutugʼi boʼla olishiga ishonch bildirildi.        Uchrashuv so'ngida "Mikrokreditbank" АTB va Yodju texnika instituti oʼrtasida oʼzaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi.      Yodju texnika instituti hozirda moliya va buxgalteriya hisobi, biznes boshqaruvi hamda IT kabi jami 29 dan ortiq yoʼnalishda mutaxassislar tayyorlaydigan ilgʼor xorijiy taʼlim muassasasi hisoblanadi.   Bank Axborot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
“Капиталбанк” АТБдан “Максимал капитал” омонати бўйича йиллик 25%

25.05.2023

“Капиталбанк” АТБдан “Максимал капитал” омонати бўйича йиллик 25%

“Woman in bussines СА” dasturi doirasida navbatdagi qoʼshma loyiha Samarqand viloyatida

01.01.1970

“Woman in bussines СА” dasturi doirasida navbatdagi qoʼshma loyiha Samarqand viloyatida

Ipoteka bank

“Kapitalbank” ATB Yevropaning ODDO BHF moliyaviy guruhi bilan tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish to’g’risidagi Bosh bitimni imzoladi.

17.05.2023

“Kapitalbank” ATB Yevropaning ODDO BHF moliyaviy guruhi bilan tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish to’g’risidagi Bosh bitimni imzoladi.

Kapitalbank



Orphus tizimi